Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan 2021-yilning 17-noyabr kuni Xalq taʼlimi vaziri lavozimiga Baxtiyor Odilovich Saidov tayinlandi.

Baxtiyor Odilovich Saidov Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Baxtiyor Saidov shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Oʻzbekistonning bir qator davlatlardagi elchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shu kunga qadar Xalq taʼlimi vaziri lavozimini egallagan Sherzod Xotamovich Shermatov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi.

Xalq taʼlimi vazirligi jamoasi Sherzod Xotamovich Shermatovga bugungi kunga qadar maktab taʼlimi sifati, oʻqituvchilar hamda maktab nufuzini oshirishga qoʻshgan hissasi hamda tizimda amalga oshirgan tarixiy islohotlari uchun minnatdorlik bildiradi va uning kelgusi faoliyatida bundanda yuksak zafarlar tilaydi.

Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonuni bilan tasdiqlangan.

Oʻzida juda katta maʼno-mazmunni mujassam etgan, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlangan, oʻzida butun Oʻzbekiston ahlining asriy orzu-istaklarini, gʻayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondoʻstlikni, ajdodlar yodi hamda millat gʻururini mujassam etgan bayrogʻimiz sayyoramizdagi barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovordir.

Xalq taʼlimi vazirligi barchangizni davlatimiz ramzi qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaydi!

Manba uzedu.uz