«Ko’chirma gapli qo’shma gap haqida ma’lumot» mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi

Termiz shahar 16-sonli ayrim fanlar chuqur oʼqitiladigan sinflari mavjud bo’lgan umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2025-yil 24-fevral kuni maktabning ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Turdiyeva Muhabbat Ergashevnaning 2024-2025 oʻquv yilidagi 3-chorak ochiq darslar rejasida belgilangan 9-«A» sinfida ona tili  fanidan «Ko’chirma gapli qo’shma gap haqida ma’lumot» mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi. Darsda «Tanla, top, taqdirlan», «Savollar lotoreyasi», «Fikringizni ayting», «Aqliy hujum», krossvord, boshqotirma metodlaridan mohirona foydalanildi.
Dars so‘ngida tahlil qilinib «namunali» deb topildi.O’qituvchi Turdiyeva Muhabbat Ergashevnaning ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.